Sizin Reklam Burada
Xəbər lenti
04-08-2025
03-08-2025
BÜTÜN XƏBƏRLƏR

Uyg’oning g’aflatdan, safdosh do’stlarim, fikrlar qolmasin g’o’zapoyada

Tarix: 04-08-2025 22:15     Baxış: 226 A- / A+
YO’LDOSH MIRZO - 1944-yil, Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug’ilgan. 1963-yilda O’rta maktabni bitirgan.1963-1969-yillarda TashDU (hozirgi TashkentMU) ni o’qib tamomlagan. Matbuot , matbaa va qishloq xo’jalik tarmoqlarida ishlagan. Ijodkorning  "Salom ko’z ko’rganlarim", "Tong tarovati ", "Dovon dardi ",  "Ko’ngil taronalari", "Rangin sog’inchlar", "Tib ilmi yalovbardori", "Ikki tog’ oralig’i", "Muxabbatning yaydoq so’qmog’i", "Dilkash qo’shiqlar ", "Og’riqli tuyg’ular", "Bolaligim beg’uborligim", "Moviy manzillar ", "Jondor daradan qaytish ", "Yulduzlar chorlovi", "Roman - pampletlar " , (Atoqli yozuvchi Nurali Qobulning Roman -pampletlariga chizgilar)  "Al-Asmo  Ul-Husno" singari yigirmaga yaqin kitoblari chop etilgan. Yigirmadan ortiq al’manaxlarda ham ijod namunalari bilan ishtirok etgan. Hozirgi kunda ham ijod namunalari , publisistik maqolalari  bilan OAV   qatnashib turadi . O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Asarlaridan namunalar qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz va  turk tillariga tarjima qilingan. 



TAROZI
 
Dunyo aslan beteng yaralgan,
Tarozining palla, shoyini, 
Goh qaltirar, goho o’rtangan
 
Tenglik uchun tayyor turadi, 
O’lchagichning ikki pallasi, 
Imi-jimi tenglashtiradi. 
 
Inson dardin tortib ko’raman, 
Vujudimda toshi-tarozu, 
Yetti ulchab bir bor kesaman. 
 
Har kim o’zin anglasa, shonli, 
Ana shunda siyrat siylanar, 
Behudaga qaynamas qoni. 
 
Mehr-muruvvat bo’lsa albatta, 
Na kerakdir toshi-tarozu, 
 Himmat, hikmat bo’lar siyratda. 
 
Shunda dunyo kengdanam kengdir. 
Hasad, baxil so’zlar na kerak?
 Ahli inson tengdan ham tengdir. 

KABUTARNING MA’YuS KO’ZLARI
 
Atrofga qoranar ma’yus ko’zlaring, 
Ba’zan to’xtab-to’xtab mo’ltiraydi yosh. 
Nahotki, beozor, xokisar kabutar, 
Sendek munis qushga otadilar tosh. 
 
Sensan hushro’yginam ko’nglim quvonchi, 
O’n sakkiz ming olam, bir parrandasi
Aldadi, avradi, qushim seni, hay, 
Kiftingga tushdimi g’arib jandasi. 
 
Senga ozor berdi qanday bafahim,  
Yosh to’kma jonivor o’zing bardam tut. 
Ozor berganlar ham jazosin topar, 
G’amgin kunlaringni unutgin-unut. 
 
Uyangga xos-xashak qo’yganing ko’rdim, 
Buzulmas chorasin izlading kun-tun. 
Tuxum qo’yding, bola bosding jonivor, 
Polaponlaring beun. 
 
Uyangga o’rmalar vahshatli ilon, 
Ko’zlaring nolali bo’ldi kabutar. 
Men unga borimcha soldim tahdidim. 
Ilonni haydadim bo’ldi bexatar... 
 
Kabutarim ma’yus, ko’z yosh to’kmagin, 
Mening ham qo’lqamni to’ldirma jonim. 
Bu dunyo azaldan bir kam yaralgan, 
Meni kuydirmagin, yonar jahonim. 
 
Soddasan..., jonivor, o’ta soddamiz... 
 


TAFAKKUR MEHROBI
 
Bu dunyo nesi kam, nimasi ziyod?! 
Bazan tiling burro, bazida biyron. 
Fikrlar tan topar boshlarda har chog’, 
Falak mehvarida fikrlar hayron. 
 
Zero chaq-chaqlashar, gaplar fikrdor, 
Kim gapirayotgan, olimmi, donish?! 
So’zlarni  chertibmi yo palapartish, 
Davra suhbatidan bormi qoniqish. 
 
Tafakkur mehrobi pillapoyali, 
Ba’zida unamu, ba’zida chunam, 
Mehrlar-mehrga goho tutashar. 
Gohida bir-birin g’ajir chunonam. 
 
Fikrdan-fikrlar tug’ilar, o’sar, 
Bolalab tafakkur tomon yetaklar. 
Qani, mening sodda o’ylarim, o’ylang. 
Murakkab dunyoni kimlar yetaklar?! 
 
Kutubxonalarda kitoblar tom-tom, 
Fikrlar g’uj-g’uj-ku, o’qimoq kerak. 
Kitoblarda fikrlar berilgan sarbast, 
Uni anglamoqqa bo’laylik ziyrak. 
 
O’qigan o’qdan o’zar, fikr mehrobda. 
Tafakkur tizimi pillapoyada, 
Uyg’oning g’aflatdan, safdosh do’stlarim, 
Fikrlar qolmasin g’o’zapoyada. 
 


SAROTON
"Yurgil dalalarga ketaylik do’stim," 
     Adulla Oripov. 
Yur do’stim, tog’larga chiqaylik bu kun, 
Saroton issig’i tandirdek yonar. 
Janubiy o’lkaning tuprog’i butun, 
Issiqlik havridan hadsiz tovlanar. 
 
Ter oqqan jussadan horg’inlik cheri. 
Jimillab tomchilar peshonalardan. 
Bir oz salqinlaylik tog’larning sehri, 
Joy berar qoya, qir-koshonalardan. 
 
Termizda tuxumni qumga ko’msang gar, 
Issig’i pishirar sal-pal fursatda. 
Choydo’sh ham qaynaydi sabir qil magar, 
Tagiga o’t yoqqan chog’li muddatda. 
 
Issiqning o’ziga xos xislati bor, 
Nima ham bo’lsa-da falak inomi. 
Sabr va bardoshli bo’lmog’i darkor, 
Rizq-ro’zimiz shirin, totli-taomli. 
 
Diqqinafaslikdan, hansirab hargiz, 
Pana-puchqoqlarda yotish yaxshimas. 
Mo’ljalni uzoq ol, sarvari aziz, 
Ona yer mehridir, yozning taftimas. 
 

KO’ZLARING
(Qo’shiq) 
 
Ko’zlaringda qoldi mungli ko’zlarim, 
Munchalar ham qahring qattiq bo’lmasa. 
Nishonsiz ham otdi kiprik-o’qlaring, 
Mo’ltiragan ko’zlar kuni to’lmasa... 
Sayod bo’ldi nurli mayoq qarashing, 
Ofatijon oldi qamrab qabziga, 
Dor og’achi kabi sirtmoq soldi-yey... 
Rahming kelsin ko’zlarimning tarziga.
Boshim qotar sevgi kelgan qaydandir, 
Qalb dardini izohlaydi so’zlarim. 
Chor tomonim bekik etgan nigohlar, 
Ko’zlaringda qoldi mungli ko’zlarim... 
       
 
M
OVIY MANZILLAR
 
 Guruhlandik to’rt-besh nafar dildosh, safardosh, 
Maqsadimiz sayohatu orom olishga. 
Bo’stonlikka yo’l tortardik, manzillar sari. 
Hangama-yu hazil-huzil-ko’ngil ochishga. 
 
Do’rmon, Arg’in yo’llar aro dilbaru dilkash, 
Olis yashil manzaralar imlar kutgandek. 
Qibray, Chirchiq, G’azalkentlar qoldi orqada, 
Xumson, Oqtosh mehri tortor, yurak yutgandek. 
 
Chorvoq GESning ko’rinishi dahridunyodir,-
Suniy dengiz, niliy yuzida suzar qayiqlar
Tepasida qoya, cho’qqi, olachalpoq qor, 
Go’zallikka tashna yurak bazan hayiqar. 
 
Chimyon, Chotqol, Burchimulla-yu hamda Qurama, 
Bog’i Eram yaralganmi azam dargohda. 
Yoki Kavkaz ko’chib kelgan, Shvedsariya yo, 
Oshuftahol dillar yonar-yonar shu chog’da. 
 
Jilg’alari sayqallanar, suvi sharqirar, 
Yoqasida turfa gullar bo’yi iforli. 
Har go’shada kezishadi xorij turistlar, 
Gala-gala qushlar sayrar o’zga siporli. 
 
Tomoshabin tomoshalar, sayoh uzilmas,  
Kuni-tuni chiroqlari shulador, nurli. 
Dam olmoqqa girdigo’sha ruhli tovlanar, 
Ko’ngil xushdir, maskanlari o’ta shuurli. 
 
Ibratomuz sayyodlar-u ahli odamlar, 
Moviy manzil, ajab-ajab pansionatlar. 
Duch kelamiz, libos xil-xil, tillar g’alati, 
Barchasida g’imirlanar insoniyatlar. 
 
To’la-to’kis ko’rish uchun uzzukun yetmas, 
Havasimiz ortar edi, oldik ko’p rohat. 
Ishtiyoq zo’r, kun shomlandi, oqshom havosi, 
Tanga quvvat, jonga orom kungi sayohat. 
 
 
MAVJ
 
Bugun mavj urmoqda navro’zi olam,  
Yurakda avj yetar tilak, istaklar. 
Tabiat rangba rang, kiygan beqasam, 
Fazoda barq urib, uchar hilollar. 
Baxmal dalalarda lolalar lov-lov,
Bulbulu kakliklar sayrar chunonam. 
O,  navro’z ayyomi ro’ximda olov, 
Gurillab yonadi to’xtamay  bir dam. 
 
 
 
 
OT
Ot minganlar yetar murodga, 
Ko’ngli quvnar ko’kning qushiday. 
Qo’li go’yo yetar qudratga,
Osmondagi burgut uchishday. 
 
Otlar bo’lur yigit yo’ldoshi, 
Havolanib ketar siyog’i. 
Yo’l, manzilda to’kindir oshi, 
Qarsillaydi kumush tuyog’i. 
 
jangohlarda yovga chap berar, 
Sadoqatli chavandoziga. 
Zoti tulpor,   bedov yo chavkar, 
Ko’rgazma yo’q andozasiga. 
 
Ot minganlar yetar murodga....


Manevr.az


Xəbəri paylaş







Adınız:*
E-Mail:
Şərhiniz:
  • winksmile
    laughing
    angry
Kodu yazın: *
yenilə, əgər kod görünmürsə



Çox oxunanlar




Son yüklənənlər


Axtarış

Reklam

İqtisadiyyat
Media
Ədəbiyyat
İdman
Kriminal
Şou-biznes
Elan
Yazarlar
Təqvim

«    Avqust 2025    »
BeÇaÇCaCŞB
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Sorğu


Portalımızı dəyərləndirin.



Çox oxunanlar