Xəbər lenti
Milliy qadriyatlar - Yoshlar tarbiyasining asosiy omili

Ushbu maqolamda milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi oʻrni, ularning ularning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga ta'siri hamda birinchi prezidentimiz Islom Karimov asarlarida ilgari surilgan gʻoyalarning dolzarbligi ilmiy-nazariy yondashuv asosida yoritib beraman.
Kalit soʻzlar; milliy qadriyatlar, tarbiya, ma'naviyat, yoshlar, urf-odat,ong.
Kirish
Har qanday jamiyatning mustahkam poydevori- bu sogʻlom tarbiya koʻrgan, oʻzligini anglagan, milliy qadriyatlarga sodiq
yosh avloddir. Ayniqsa, globallashuv va axborot oqimlari kuchayib borayotgan hozirgi davr yoshlar qalbiga milliylikni
singdirish nihiyatda muhim.birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ''Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch'' asarida buni alohida
ta'kidlab oʻtganlar.'' Yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, tariximizga hurmat, oʻzligimizga sadoqat tuygʻusini shakllantirish- eng
muhim vazifadir,'' deya yozganlar.
Asosiy qism
Milliy qadriyatlar-bu xalqning tarixiy tajribasi , madaniy yutuqlari , urf-odatlari, diniy e'tiqodi va hayot tarzi bilan bogʻliq
boʻlgan muqaddas tushuncha hisoblanadi.Ana shu qadriyatlar asosida insonda ota-onaga hurmat, kattalarga ehtirom,
halollik, sabr-toqat, mehnatsevarlik kabi koʻplab fazilatlarni shakllantiradi.Bu fazilatlar esa yoshlarning sogʻlom ijtimoiy
muhitda kamol topishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda milliy qadriyatlar yoshlar tarbiyasiking ildizidir.Ularni asrash va yosh avlod ongiga singdirish har
bir ota- ona, ustoz va butun jamiyatning muqaddas burchidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning bu masalaga e'tibor
berishi bejizga emas. Zero, qadriyatlarga sodiq xalq- har qanday sinovdan yorugʻ yuz bilan oʻtadi.
Abdulla Avloniyning bu hikmatli soʻzida tarbiyaning naqadar muhimligini, butun jamiyat taqdirini tarbiyada mujassam
ekanini chuqur falsafiy mazmunda ifoda etgan.
''Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir.''- Abdulla Avloniy.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Abdulla Avloniyning hikmatli soʻzi.
2.Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning Yuksak ma'naviyat- Yengilmas kuch asari
3.Gʻofurov.B. Zamonaviy jamiyatda ma'naviy qadriyatlarning oʻrni.
Alimjonova Rushana
Samarqand shaharZarmed universiteti
1-bosqich talabasi
Manevr.az
Xəbəri paylaş
Çox oxunanlar
Son yüklənənlər



Axtarış
Reklam

İqtisadiyyat
Şou-biznes
Yazarlar
Emil Rasimoğlu
Cahangir NAMAZOV
-Təranə Dəmir
- Sevil Nuriyeva
Emil Rasimoğlu
Emil Rasimoğlu
Fərasət Babazadə
Sorğu
Portalımızı dəyərləndirin.
Çox oxunanlar