Xəbər lenti
Məhəmmədşer Atabayevin şeirləri
Məhəmmədşer Atabayev 23 aprel 1959-cu ildə Özbəkistanın Namanqan vilayəti Yenikurqan rayonu Qızılyozi kəndində anadan olub. 1976-cı ildə öz kəndindəki 36 nömrəli ümumi orta məktəbi, 1977-1984-cü illərdə isə Namanqan Dövlət Pedaqoji İnstitutunun (indiki NamDU) tarix fakültəsini bitirib. Pedaqoji fəaliyyəti ilə yanaşı, bədii yaradıcılıqla da məşğul olur. Əsərləri rayon, regional və respublika mətbuatında dərc olunmuş və tələbələr tərəfindən müsbət qiymətləndirilmiş və tanınmışdır.Əsərləri "Эзгу фикр, эзгу сўз, эзгу амал"(2011), "Илм уммонининг жавоҳирлари" (2012), "Азим дарё ирмоқлари" (2018), "Меҳр чашмалари" (2020), "21 аср Наманган адабий бўстони" (2023) toplularına daxil edilmişdir.
"Қўнғироқ жарангги" 2024-cü ildə ilk kitabı nəşr olunub. Bu toplu "Энг улуғ, энг азиз—2024" respublika müsabiqəsinin regional mərhələsində birinci yerə layiq görülüb.
Manevr.az müəllifin türklərin ortaq bayramı olan Novruza həsr etdiyi şeiri özbək türkcəsində oxucuların ixtiyarına verir:
N A V R Oʻ Z M U B O R A K
—1—
Bodomning shohida gulladi Navroʻz,
Dilimning ohida gulladi Navroʻz.
Olam nigohida gulladi Navroʻz,
Yangrar har yonlarda,Navroʻz muborak,
Yeru osmonlarda, Navroʻz muborak!
Bodomga ergashib oʻrik gulladi,
Gilos, olma, olcha, koʻrib gulladi.
Gulimning gullarin koʻring gulladi,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Davru davronlarga Navroʻz muborak!
Kimningdir qabrida moychechak undi,
Kimnidir qabrida boychechak undi.
Sogʻinchli qalbimda oy, chechak undi,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Dardu armonlarga Navroʻz muborak.
Bor mavjudu, fano bari yod boʻlgay,
Dardlimi, dardsizmi, dil obod boʻlgay.
Bizlar shod boʻldik-ku, ruhlar shod boʻlgay,
Aytgum har yonlarga, Navroʻz muborak,
Yigʻlab Qurʼonlarga, Navroʻz muborak!
Yigʻlagan anorning koʻz yoshi—shabnam,
Gullay olmay yigʻlar anor, jiyda ham.
Ularga qoʻshilib yigʻlaydi diydam,
Koʻrib hayronlarga, Navroʻz muborak,
Dardi ayonlarga Navroʻz muborak.
Hijronning eshigin yopsang-chi, ey, dil,
Ovutmoqqa bir soʻz topsang-chi, ey, dil.
Gullay olmaganga nima dey, ey dil,
Oʻylab hayronlarga Navroʻz muborak,
Doʻstu yoronlarga Navroʻz muborak!
Sabr qil, sening ham kuning kelgaydir,
Yulduzli va oyli tuning kelgaydir.
Yusufday chiroyli quling kelgaydir,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Sabru hijronlarga Navroʻz muborak!
Oʻshanda kuldirib, guling gullagay,
Gullagan gulingday koʻngling gullagay.
Nafaqat tushlaring, oʻnging gullagay,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Aytgin har yonlarga, Navroʻz muborak!
—2—
Rizqu roʻzimiz, don va nondir Navroʻz,
Qoʻllari qadoqli dehqondir Navroʻz.
Suhbati maroqli mehmondir Navroʻz,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Bogʻu bogʻbonlarga Navroʻz muborak!
Dehqon dalasida qoldi qimirlab,
Qurtu qumursqalar izgʻir gʻimirlab,
Yulduzlar koʻz qisar jimir—jimirlab,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Bobodehqonlarga Navroʻz muborak!
Togʻning etagida eriyotir qor,
Soylarda sharqirab oqmoqda bahor.
Baland choʻqqilarda qishning haqi bor,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Koʻlu ummonlarga Navroʻz muborak!
Tabiat atrofga gilamin yoysa,
Koʻzni quvontirar oʻt-oʻlan, maysa.
Samoda charx urgan qushlar koʻpaysa,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Yeru osmonlarga Navroʻz muborak.
Aygʻirning yolini tarab,siypalab,
Qulunni quchoqlab,suyib, erkalab.
Biyani sogʻadir choʻpon ertalab,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Qimiz, ayronlarga Navroʻz muborak!
Gulning guldoniga toʻlibdi asal,
Yurtning oʻrmoniga toʻlibdi asal.
Ari xirmoniga toʻlibdi asal,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Dashtu oʻrmonlarga Navroʻz muborak!
Qarang, ajab holat, osmon bulutdir,
Joy izlab osmonda sarson yuribdir.
Yomgʻir yogʻsa yerga ehson boʻlibdir,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Abru naysonlarga Navroʻz muborak!
Chirpirak shamollar aylanar qirda,
Koʻp marta kuzatdim uni adirda.
Bu ham Yaratgandan ajoyib sirda,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Changu toʻzonlarga Navroʻz muborak!
—3—
Mushk-anbar taratib havoda Navroʻz,
Tol sochin tortadir shabboda—Navroʻz.
Ishqqa mubtalomi maboda Navroʻz,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Qizu oʻgʻlonlarga Navroʻz muborak!
Kunu tun tinmasdan yeldi qaldirgʻoch,
Seni unutmasdan keldi qaldirgʻoch.
Endi kutdirmasdan derazangni och,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Giru giryonlarga Navroʻz muborak!
Sovchilar qiz izlab yoʻlda toldilar,
Siz-sizlab, yurakka qoʻlni soldilar.
Qudani olqishlab oqlik oldilar,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Quda tomonlarga Navroʻz muborak.
Bogʻlarim bahorning boʻyiga toʻldi,
Boychechak anhorning boʻyiga toʻldi.
Yurtim oʻgʻil-qizning toʻyiga toʻldi,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Yor-yor, yoronlarga Navroʻz muborak.
Yurakka yuk boʻlgan gʻamlar unutdir,
Kiprikni namlagan namlar unutdir.
Hasrat, nadomatli damlar unutdir,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Quvonchli onlarga Navroʻz muborak!
Oʻngidan kelgandek xayrli tushlar,
Yuz koʻrmaslar kulib bir-birin xushlar.
Odamlar hayratda yoqasin ushlar,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Shirin zabonlarga Navroʻz muborak!
Bemorning yashashga ortib ishonchi,
Koʻzida porlamish zavqu, quvonchi.
Tuzalmas, deganlar boʻldi yolgʻonchi,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Joni omonlarga Navroʻz muborak.
Chirmandalar chalib raqs etar hurlar,
Baytu, sheʼr, chistondan bahs etar hurlar.
Baxtdan bogʻistonda dars oʻtar hurlar,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Raʼno,Rayhonlarga Navroʻz muborak!
—4—
Osmonda oy boʻlib boqmoqda Navroʻz,
Soylarni toʻldirib oqmoqda Navroʻz.
Darvozangni borib qoqmoqda Navroʻz,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Baxtli zamonlarga Navroʻz muborak!
Barchani uygʻotib Navroʻz yurganmish,
Ne-ki, bor uyquda, bari uygʻonmish.
Toshdan-toshga sakrab kiyik quvonmish,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Ohu jayronlarga Navroʻz muborak!
Samoda chugʻurlab, charx urib qushlar,
Jufti bilan birga inlar qurmishlar.
Qoʻzilar yaylovda yayrab yurmishlar,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Qushu hayvonlarga Navroʻz muborak!
Muborak doʻstginam,aytgin, qaydasan,
Sogʻintirding, yetar, qaytgin, qaydasan?!
Qachon quvontirib gʻazal aytasan?,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Dilga darmonlarga Navroʻz muborak!
Senu men kuymasak, kuyadi kimdir,
Yomonni, yaxshi, deb suyadi kimdir.
Navroʻzning shukuhin tuyadi kimdir,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Va mehribonlarga Navroʻz muborak!
Qoʻlingni duoga uzatmoq baxti,
Yulduzni ayvonda kuzatmoq baxti.
Nasibmish uyingni tuzatmoq baxti,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Uyu ayvonlarga Navroʻz muborak!
Shariat aytadir:—“Oʻldir ilonni”,
Tariqat aytadir:—“Qiynama jonni”.
Hikmati bor, derlar, hatto shaytonni,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Abdu Rahmonlarga¹ Navroʻz muborak!
Chaqqon quyondan ham hikmat izladim,
Chaqqan chayondan ham hikmat izladim.
Hatto, ilondan ham hikmat izladim,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Ilon, chayonlarga Navroʻz muborak!
Faqat HAQ ishqida yonmoqlik vaqti,
Tariqatdan saboq olmoqlik vaqti.
Salom ber, savobga toʻlmoqlik vaqti.
Jannatlarda mangu qolmoqlik vaqti,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Piyru piyronlarga Navroʻz muborak!
—5—
Daryolar boʻyida boʻylagan Navroʻz,
Kuylagan men emas, kuylagan Navroʻz.
Turonning iqbolin oʻylagan Navroʻz,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Yurti tolonlarga Navroʻz muborak!
Eng qadim tarixdan ayondir Navroʻz,
Tarix bayozida bayondir Navroʻz.
Tugʻilgan vatani Turondir, Navroʻz,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Mulki Turonlarga Navroʻz muborak!
Afraosiyobdir shahri Samarqand,
Buxoro, Xorazm ahli Samarqand.
Navroʻzga eng avval haqli Samarqand,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Shahri Qoʻqonlarga Navroʻz muborak!
Goʻroʻgʻli gʻirotda doston kuylatib,
Alpomish yeladir otni oʻynatib,
Manas kelayotir epos soʻylatib
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Turkiy dostonlarga Navroʻz muborak!
Fargʻoniy, Farobiy ilmi binodir,
Tabobat bobida ibn Sinodir.
Xorazmiy, Ulugʻbek osmon—samodir,
Koʻrib hayronlarga navroʻz muborak,
Abu Rayhonlarga Navroʻz muborak!
Qoshgʻariydan—“Devonu lugʻotut-turk”,
Yusuf xos Hojibdan—“Qutadgʻu bilik”.
Yugnakiy, Rabgʻuziy merosi tirik,
Koʻrib hayronlarga navroʻz muborak,
Sohib devonlarga Navroʻz muborak!
Ganjaviy, Dehlaviy, shavkatli Jomiy,
Borotni² yetaklab hazrat Navoiy.
Sohibi Xamsalar saf tortmish oliy,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Tili biyronlarga Navroʻz muborak!
Boburning pok ruhi sahari mardon,
Hindu Andijonda kezar sargardon.
Axsiyu Samarqand ham balogardon,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Pushtin, afgʻonlarga Navroʻz muborak!
Jaloliddin Rumiy nur osmonida,
Mavlano Lutfiyni bogʻ, boʻstonida.
Saʼdiy Sheroziyni “Guliston” ida,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Va gʻazalxonlarga Navroʻz muborak!
—6—
Ishqqa toʻla maktub yoʻlladi Navroʻz,
Qoqilib qolganni qoʻlladi Navroʻz.
Oʻldirmoq boʻldilar, oʻlmadi Navroʻz,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Uygʻoq vijdonlarga Navroʻz muborak!
Turkiy el osh berar, ojizni qoʻllab,
Adashgan kimsani oq yoʻlga yoʻllab.
Begʻaraz suv berar qolsa ham choʻllab,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Insof, iymonlarga Navroʻz muborak!
Sherlar naʼra tortib ovga otlanar,
Yoʻlbarslar yoʻl toʻsib yovga otlanar.
Shukuhli kunlarda mardlar yodlanar,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Sheru arslonlarga Navroʻz muborak.
Sak va massagetlar, Toʻmaris, Shiroq,
Spitamen safda faxrim oʻlaroq.
Ruhlarin shod etib hilpirar bayroq,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Turkiy xoqonlarga Navroʻz muborak!
Jaloliddin kezar boqib Jayhunga,
Temur Malik kelmish sohil Sayhunga.
Sogʻuniy, Qodiriy... ruhi ham birga,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Choʻlpon, Usmonlarga Navroʻz muborak!
“Biz kim mulki Turon, Amiri Turkiston”,³
Amir Temurdandir tomirdagi qon.
Adolat bayrogʻi davlatga qalqon,
Bir boʻlsak quvvatda boʻlamiz vulqon,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Qilich, qalqonlarga Navroʻz muborak!
Qozogʻiston bir yon, bir Qirgʻiziston,
Turkmaniston bir yon,
bir Tojikiston.
Tarix bir, udum bir,
bir Oʻzbekiston,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Doʻst qadrdonlarga Navroʻz muborak!
Ey, sen,mulki Turon, amir Turkiston,
Senda edi qudrat, senda sharaf-shon.
Bugun tarqoq elsan, yurak bagʻring qon,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Hur Turkistonlarga Navroʻz muborak!
Ming yillik chinordek turib san bugun,
Bir amirga muhtoj turibsan bugun.
Nega birlasholmay yuribsan bugun,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Mardu maydonlarga Navroʻz muborak!
Turon tarixidan soʻzlashish kerak,
Siyosat siridan sirlashish kerak.
Uygʻon Turkistonim!!!
Birlashish kerak!!!
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Shohu sultonlarga Navroʻz muborak!
—7—
Nurlanib nurlagan otamdir Navroʻz.
Gul boʻlib gullagan onamdir Navroʻz.
Buvimdir, bobomdir, bolamdir Navroʻz,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Mehribon jonlarga Navroʻz muborak!
Anglolmay qolaman tushummi, oʻngim,
Gullarga toʻlmishdir oʻngim va soʻngim.
Gullagan olammas, bu mening koʻnglim,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Gulu rayhonlarga Navroʻz muborak.
Oʻngga aylanmishdir charhi kajraftor,
Juda ham chiroyli kelinchak—bahor.
Bundanda goʻzalroq yana nima bor,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Qoshi kamonlarga Navroʻz muborak!
Taʼzimga engashib qutlugʻ kun kelmish,
Boʻylari tenglashib kun va tun kelmish.
Koʻp bilan kengashib, kulib kun kelmish,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Bor-ki, insonlarga Navroʻz muborak!
Hovlida pirillab mitti sinchalak,
Navroʻzdan bizlarga beradir darak.
Doshqozonlar toʻla totli sumalak,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Koʻksomsa, nonlarga Navroʻz muborak!
Eng buyuk davr bu:—Asri saodat,
Har elning vatani—qasri saodat.
Navroʻzda borliging asli saodat,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Mardi mardonlarga Navroʻz
muborak!
Shoirlar shod boʻlib tebratar qalam,
Alamlar zalvari togʻday boʻlsa ham.
Navroʻzda eslanmas har qanday alam,
Koʻrib hayronlarga Navroʻz muborak,
Sheʼru, dostonlarga Navroʻz muborak!
Navroʻz xususinda doston koʻzladim,
Vale, ojizlikdan nuqson soʻzladim.
Yaxshi soʻz ROBBimdan, yomon soʻz manim,
Oʻqigan jonlarga Navroʻz muborak,
Uqqan insonlarga Navroʻz muborak!
Bodomning shohida gulladi Navroʻz,
Dilimning ohida gulladi Navroʻz.
Olam nigohida gulladi Navroʻz,
Borki odamlarga Navroʻz muborak,
Borki olamlarga Navroʻz muborak!
*
1—Abdu Rahmon—Rahmonning, yaʼni ALLOHning quli.
2—Borot—Borot Boyqobulov. Soʻnggi Xamsa muallifi.
3—Amir Temur.
✍️ Muhummadsher Otaboyev,
Oʻzbekiston Respublikasi,
Namangan viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumani, Qizilyozi qishlogʻi.
Manevr.az

Xəbəri paylaş
Çox oxunanlar
Son yüklənənlər



Axtarış
Reklam

İqtisadiyyat
Yazarlar
İlqar İlkin
Emil Rasimoğlu
İlqar İlkin
Emil Rasimoğlu
Emil Rasimoğlu
Sorğu
Portalımızı dəyərləndirin.
Çox oxunanlar































