Xəbər lenti
Ozarbayjon mugʻomlari betakror, nolasi-yu, ohangida sehr bor

Sheʼrlari "Zamin fm " va "Poytaxt" radiosining tungi efirlari va "Turkiston", "Darakchi", "Hordiq", "Bekajon" xamda Turkiyaning mashhur "MERSIN POSTASI" gazetasi shuningdek Ispaniyaning mashhur "AZAHAR" jurnallarida chop etilgan.
Oʻzbekiston davlat sanʼat institutining "Sanʼatshunoslik jurnalistikasi" fakulteti bitiruvchisi.
"Oʻzbekiston" radiosining "Ommaviy tomoshalar va musiqiy koʻngilochar eshittirishlar boʻlimi"da muxbir boʻlib ishlagan.
Mirtemir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tanlovda, shuningdek "FAROVON YURT" xalqaro ijodkorlar ittifoqi tomonidan uyushtirilgan onlayn tanlovlarda yuqori oʻrinlar sovrindori boʻlgan. 2020 yil "Muhammad Yusuf izdoshlari" telegram guruhi tomonidan oʻtkazilgan tanlovda ham 3-oʻrin sohibi boʻlgan.
"Oltin soʻz" GOLDEN WORLD" onlayn festivali ishtirokchisi.
2022 yil Mingtepa madaniy meros jamoat fondi tomonidan oʻtkazilgan tanlovda faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
"Dunyo isteʼdodlari uyushmasi"ning "MOHIR TALANT" medali sovrindori. Qalbimdagi atirgul" nomli kitob muallifi.
Oʻzbekiston respublikasi tomonidan uyushtirilgan "Olamlarga rahmat paygʻambar" tanlovining "Nabiynoma" (Paygʻambarimiz uchun eng yaxshi sheʼriy asar) nominatsiyasi sovrindori.
"Dunyo isteʼdodlari uyushmasi" aʼzosi.
EHTIROM
Ozarbayjon ila Oʻzbek asli qardosh,
Urf odat-u, udumlari juda oʻxshash.
Ming yildirki uzilmagay aloqalar,
Bir-birini har sohada doim qoʻllar.
Ozar, oʻzbek oʻrtasida hamkorlik zoʻr,
110 ta hujjat soʻzim tasdigʻidir.
45 Qoʻshma korxona bor yurtimizda,
Mugʻomlari yangrar bayram, toʻyimizda.
Nizomiyning haykalidir poytaxt koʻrki,
Bu ham izzat belgisidir qardosh elga.
Boku xalqi bizni elni hurmat qilib,
Haykal qoʻyib olqishlaydi Alisherga.
Ozar sheʼriyati ham oʻzgacha dunyo,
Nasimiydan, Fuzuliy va Voqifgacha.
Samad Vurgʻun hamda Baxtiyor Vahobzoda.
Qobil, Sobir va Narimon Xasanzoda.
Fuzuliyning "Qalb gavhari" chindan goʻzal,
Zaynallining asarlari sahna koʻrki.
"Azamat" va "Meros" kabi durdonalar,
Nazmda ham seziladi uning erki.
"Dengizda toʻlqinlar, togʻda bulut bor.."
Rasul Rizo ijodi ham betakror.
Har birining dunyosi bor oʻzgacha,
Har ijodkor qalbi toʻla sir-asror.
"Farhod va Shirin"-u "Doda Qoʻrquv"siz,
Ozar yurtin adabiyoti kemtikdir,
Husayin Joviddan qolgan asarlar,
Ham taʼsirchan, hamda oʻlmas bitikdir.
Ne kunlarni koʻrmadi-ya Qorabogʻ,
Ne toʻzonu-u, suronlarda sinaldi.
Ozar hamda armanlarning urushi,
Oddiy xalqni yaxshigina qiynadi.
Ozar hamda Armaniston urushi,
Chindan xarob qildi goʻzal goʻshani.
Vayronaga aylantirib shu jangda,
Oxir qoʻlga kiritdilar Shushani.
Havosi ham toza, juda musaffo,
"Shusha" nomi edi shunga ishora,
Ham "Kuylovchi shahar" deya atalib,
Qad rostlardi ne-ne saroy, minora.
Markaz edi u adabiyot, sanʼatga,
Fan va ilm, ham musiqa, sheʼriyatga.
Lek, gʻanimlar shahar koʻrkini buzdi,
Va shaxar-la bogʻliq rejalar tuzdi.
2
Ozarbayjon mugʻomlari betakror,
Nolasi-yu, ohangida sehr bor.
Harrot Gulu Muhammadning ijodi,
Asos boʻlib qolgan, misli poydevor.
Ikki yilda bir bor chorlab jahonni,
Gullar ila bezab yer-u osmonni.
Boku shahri uzra yangrab kuy, navo,
"Mugʻom olami"ga chorlar bir sado.
YUNESKOni lol qoldirgan tadbirda,
Mugʻom yangrar hatto, kecha kunduzlar.
Oʻzbekiston nomin koʻkka koʻtarib,
Gʻolib boʻlgan bizning Ilyos, Yulduzlar...
Ozarbayjon sanʼati xoʻp durdona,
Operasi yer yuzida yagona.
Chovgonlar-u, tor ijrosi betakror,
Uning goʻzal gilamlari qayda bor?!
Mis idishlar jilolari boshqacha,
Maftun boʻlar koʻrib keksa, yoshgacha.
Ularda ham bizdek qaro qosh koʻzlar,
Biznikidek oʻtar goʻzal Navroʻzlar.
Ozarbayjon porlab turar misli oy,
Masjidlar-u, cherkovlarga juda boy.
Juma masjid, Barda hamda Garabaglar.
Kish va Zeyzij kabi goʻzal cherkovlar.
Kyultepa-yu,Sadarakni kim koʻrgan?
Lekx qalʼasin mahobatin kim bilgan?!
Bir-biridan yuksak azim minoralar,
Qalbingizga olam-olam zavq solar.
Arzir yana taʼriflasam bunday elni.
Lek, yakunga yetkazmasam boʻlmas sheʼrni.
Bir oʻzbekning farzandidan bu kalom,
Ozarbayjon xalqi uchun ehtirom.
Allohimdan sizga umr, sogʻliq tilab,
Duolarim ila bugun qoʻllayman.
Yurtboshingiz Ilhom ota Aliyevga,
Oʻzbek xalqin salomlarin yoʻllayman!
Manevr.az
Xəbəri paylaş
Çox oxunanlar



Son yüklənənlər



Axtarış
Reklam

İqtisadiyyat
Şou-biznes
Yazarlar
Cahangir NAMAZOV
-Təranə Dəmir
- Sevil Nuriyeva
Emil Rasimoğlu
Emil Rasimoğlu
Fərasət Babazadə
İttifaq MİRZƏBƏYLİ
Sorğu
Portalımızı dəyərləndirin.
Çox oxunanlar