Xəbər lenti
"So‘z ochma sevgidan dil roza so‘zing bo‘lmasa"

BO‘LMASA
Do‘st yuzina boqma tik, toza yuzing bo‘lmasa,
So‘z ochma sevgidan dil roza so‘zing bo‘lmasa,
Na yorsan dil yoqmasang, na zorsan yo‘l boqmasang,
Hur ishq-la umidli ashk sochar ko‘zing bo‘lmasa.
Dod dema-ko‘kka boqib, adashdim deb tutoqib,
Ko‘zguga munglig‘ boqib, hajr selinda oqib,
Kamtarga kamol derlar, baridin egam voqif,
Siylarmu Haq - toatda qonar bo‘g‘zing bo‘lmasa.
Chin malak sanalmaysan aldamchi suvrat bilan!
Eh, mukammal sanalgaysan pok vijdon, siyrat bilan!
Javobgarsan har yurakka kirganing dam bomehr,
Kirma! - Mehriga javoban mehr-u nozing bo‘lmasa!
ETMA YO ROBBIM
Yoriltoshdan xato yorilgan,
Xiyonatga qo‘rqmay borilgan,
Lafzi lafzsizlikka qorilgan,
Qavmlaringdan etma yo Robbim.
Vijdoni forga ostirilgan,
Rostlik yo‘q! Tili kestirilgan,
Odobda kemtik o‘stirilgan,
Qavmlaringdan etma yo Robbim.
Iddaoli sheʼr, manzumasi,
Soxta salom, chirkin bo‘sasi,
Dil tubi kir, yorqin yuzasi,
Qavmlaringdan etma yo Robbim.
Ibodatim yo‘lin to‘ssa tik,
Bu do‘st bilan qanday o‘sardik,
Minnati bor savobga sherik,
Qavmlaringdan etma yo Robbim.
Manglayimda quyoshim kulgan,
Hamrohim qil iymonga to‘lgan,
Lek, iltimos, dilozor bo‘lgan,
Qavmlaringdan etma yo Robbim.
Xolidangning rahmini egin,
Shu bandam eng suyuklim - degin,
Qalbi bo‘lsa zarra kir lekin-
Qavmlaringdan etma yo Robbim.
UZR SO‘RAYMAN
Bunchalar go'zalsan hayot, aksing mo'l,
Makkor raqqossan-da,
turli raqsing mo'l
Yolg‘izga Haq sari yolg‘izoyoq yo'l,
Ko'rsat. Kaj yo'limdan uzr so'rayman.
Haq qo'llasa qiyg'os sahrodagi gul,
Jaydari matlabli bo'lolar butkul
Siqim xato-la past, hu-uv olamshumul,
Bas, o'ng-u - so'limdan uzr so'rayman.
Tasbeh-u Qurondir q'o'limdagilar.
Hazrati insondir yo'limdagilar.
Robbim duoyimda dilimdagilar.
Kamtarin dilimdan uzr so'rayman.
Laganbardor ko'p-u, quruq laganlar,
Ish tushmasa ba'zan hol so‘rmaganlar,
Attang, ishonchimga arzimaganlar.
Sizni deb ko‘nglimdan uzr so‘rayman...
OCHIQ KO‘ZLAR
To‘g‘ri, biroz og‘riqli bu dard,
Ko‘proq, daroz.
Chidamlilik shart!
Ko‘zlarim kech ochildi, ammo
Qonli ashkni ko‘nglim, o‘zing art!
Endi, balki sening galing kelgandir,
Javoban ochmoqqa g‘addor do‘st ko‘zin...
Charxi falak sen yon yelgandir-
Elsi-i-in,
O‘z chohiga tushsin yov o‘zi!
Endi, uyqungda ham yummassan, aniq
Ko‘zdan qochirmay-deb nokas yuzlarin.
Ajablanmang, so‘ng yo‘l chorlab-xo‘rsiniq
Ochiq qolsalar ham chiroq ko‘zlarim.
Ajablanmang...
NIYATDOSHGA
Talashmasak ters dunda ulush tegmaydi.
"Chumchuqdan qo‘rqqanlar tariq ekmaydi"!
Quvvatlan! Sof vijdon, sof vijdondan, bas!
Baquvvat novdani shamol egmaydi.
Yuksaklikdan wo‘rqqan boqmaydi ko‘kka,
Balandlikdan qo‘rqqan toqqa chiqmaydi.
Pok bo‘lgay nopokka javoban fikrim,
Bandasimas, Haqda o‘y, xayol, zikrim.
O‘zidan o‘zgadan qo‘rqmam... Bu shirk, ki,
Ollohdan o‘zgaga tavallo qilmam.,
Qalb nomard jon uchun javoban berkdur,
Insonga eng oliy saodat ERKDUR!
Kaftingni duoga ochmaganmisan..?
Nokasdan Haq tomon qochmaganmisan?
Qo‘rqma! Qo‘rqsang qo‘rq,
bas, kir bo‘lsa qalbing...
Nahot, musaffo his San quchmaganding?!
Bahorlar, nahorlar tonglar biz bilan,
Sharorlar, anhorlar, bonglar biz bilan,
To nurafshon tongda toza nafas bor,
Sipqor! Do‘st toki shu onlar biz bilan.
Eng pok qalb, toza vijdonlar biz bilan!!!
Xəbəri paylaş
Çox oxunanlar
Son yüklənənlər



Axtarış
Reklam

İqtisadiyyat
Şou-biznes
Yazarlar
Emil Rasimoğlu
Cahangir NAMAZOV
-Təranə Dəmir
- Sevil Nuriyeva
Emil Rasimoğlu
Emil Rasimoğlu
Fərasət Babazadə
Sorğu
Portalımızı dəyərləndirin.
Çox oxunanlar