Sizin Reklam Burada
Xəbər lenti
04-08-2025
03-08-2025
BÜTÜN XƏBƏRLƏR

Siz bor men dunyoga baxtman, dadajon - she'r

Tarix: 19-06-2025 14:40     Baxış: 3111 A- / A+
Mavluda Azimova, O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tugʻilgan. Andijon Davlat Universitetining maktabgacha taʼlim fakulteti talabasi. 2015 yilda “Buyuklar biz tomonda” nomli ilk kitobi chop etilgan. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi.


OʻZBEKISTON

Qoʻling qadoq, diling yara, 
Yuraging qon boʻldi faqat. 
Bolalaring och nahoru 
Zorliging non boʻldi faqat.

Tergan ham sen, bergan ham sen, 
Ham oʻgʻriyu mergan ham sen. 
Tomlargacha paxta ekib, 
Kechganing jon boʻldi faqat.

Doʻppingda suv toshib chiqding, 
Dalalardan oshib chiqding, 
Tinmay bogʻlar yaratdingu 
Soʻng pushaymon boʻlding faqat.

Mana hurlik zamon keldi, 
Ozod halqim omon keldi. 
Ming sinovlar kelsa hamki, 
Oʻzbekiston boʻlding faqat! 
Oʻzbekiston boʻlding faqat!



AYLANAY

Bir iliq soʻz aytmoqligim bor, 
Bir bor aytsam, boshlanar chaman. 
Qush boʻlsam ham qaytmoqligim bor, 
Koʻzlaringdan aylanay, Vatan!

Hayotimga kiradi nurlar, 
Soʻng, oʻzimni deyman mardona. 
Qadamingdan oʻstirsang gullar, 
Izlaringdan aylanay, ona!

Oppoq qalblar jam boʻlgan davra, 
Bor sinovlar chiqolmas yengib. 
Sen doyalik qilganing – oʻgʻil, 
Qizlaringdan aylanay, sevgi!

Quyosh degan yurtda yashayman, 
Tirikmanki yonsam umrbod. 
Yasha deya yuzimga qoʻygan, 
Yuzlaringdan aylanay, hayot!



  ONA KETAYAPTI

Bola kulib turar beparvolarcha, 
Stolga bosh qoʻyar kiprigi titrab. 
Onasi ketyapti devonalarcha, 
Uyqusiz koʻzini ketmonga tirab.

Ming yillik chinorlar oʻzgargani yoʻq, 
Dunyoda qolmagan boshqa gʻam tashvish. 
Ona bolasidan juda koʻngli toʻq, 
Unga bahor deya oʻtkazmoqda qish.

Ota ketib qolgan nomsiz joylarga, 
“Nomi oʻchsin!” deya qargʻaydi ona. 
Har tun sogʻinganin aytadi oyga, 
Har tongda oʻzini atar mardona.

Iltimos, bolakay, kulma undayin, 
Sakkiz soat uyqu - sangʻidi tongda. 
Stolga kitob qoʻy, shunda boshingni 
Koʻklarda koʻrasan ushbu Vatanda.

Ajinga joy yoʻqdir onang yuzida, 
Dili porlamoqda dil izhorlikka. 
Har tongda quyoshni uygʻotib qoʻyib, 
Onang ketayapti mardikorlikka.




DADAJON

Menga dunyo mehr tutib tursa ham, 
Koʻzdagi yoshlarim oqadi har kun. 
Kulgungiz - men uchun quvonchdir har dam, 
Juda koʻp qiynalib ketyapman, dadam.

Bilmadim, axir bu qiyinchilikmi? 
Siz har kun chekasiz shunday jafoni. 
Olaman baxtzorda birinchilikni, 
Ammo dil qayerdan topsin vafoni.

Sizni sogʻinyapman, sogʻinchim cheksiz, 
Iqrorim bunchalar boʻlmas hech qachon. 
Qizim eng baxtiyor qiz boʻlar, debsiz, 
Siz bor men dunyoga baxtman, dadajon.

Mavluda Azimova
Manevr.az

Xəbəri paylaş







Adınız:*
E-Mail:
Şərhiniz:
  • winksmile
    laughing
    angry
Kodu yazın: *
yenilə, əgər kod görünmürsə



Çox oxunanlar




Son yüklənənlər


Axtarış

Reklam

İqtisadiyyat
Media
Ədəbiyyat
İdman
Kriminal
Şou-biznes
Elan
Yazarlar
Təqvim

«    Avqust 2025    »
BeÇaÇCaCŞB
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Sorğu


Portalımızı dəyərləndirin.



Çox oxunanlar